Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Xavi — «Barselona» bosh murabbiyi

Rasman: Xavi — «Barselona» bosh murabbiyi

Foto: «Instagram»

«Barselona» matbuot xizmati Xavi Ernandes jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanganini e’lon qildi. «As-Sadd»ning sobiq bosh murabbiyi bilan 2024-yilning yoziga qadar shartnoma imzolangan.

Xavi dam olish kunlarida Barselonaga kelishi kutilmoqda. 8-noyabr kuni uning ishtirokida maxsus matbuot anjumani tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ronald Kumanni 28-oktyabr sanasida, «Rayo Valekano»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqargandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring