Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Boks bo‘yicha litsenzion musobaqaga yangi mezbon e’lon qilindi

Rasman! Boks bo‘yicha litsenzion musobaqaga yangi mezbon e’lon qilindi

3-14-fevral kunlari boks bo‘yicha Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan litsenzion musobaqa xavfli koronavirus sabab bekor qilingandi.

Bugun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi mazkur musobaqaga mezbonlik qiladigan shahar nomini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston boks federatsiyasiga yuborilgan xatda ma’lum qilinishicha, Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11-mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring