Rashitov yarim finalda yutqazib qo‘ydi, biroq...

Bokuda start olgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi.
Musobaqaning ilk kunidayoq terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan yurtdoshimiz final ostonasida koreyalik Xo-Jun Jinga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bu Rashitov uchun jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter