Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qudratillo Abduqahhorov IBF chempioni bilan jang qilish imkoniga ega bo‘ldi

Qudratillo Abduqahhorov IBF chempioni bilan jang qilish imkoniga ega bo‘ldi

Professional boksning yarim o‘rta (-66.68kg) vazn toifasida jang qiladigan vakilimiz Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) faoliyatidagi yana bir muhim bahsda g‘alabaga erishdi. IBF kamariga eng asosiy da’vogar bo‘lish uchun kechgan mazkur bahs yaponiyalik Keita Obaraga (20-4-1, 18 KO) qarshi kechdi. Bu haqida Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

12 raundga mo‘ljallangan mazkur bahs AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tdi. To‘liq davom etgan jangda hakamlarning barchasi bir ovozdan hamyurtimizning g‘alabasini tasdiqladilar (115-113, 118-110, 117-111).

Ushbu g‘alabadan keyin Abduqahhorov IBF reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va kamar sohibi bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, mazkur jang majburiy statusga ega bo‘lib, yaqin oylar ichida yurtdoshimiz yarim o‘rta vaznning IBF kamari uchun ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, IBF kamarining amaldagi chempioni AQSh vakili Errol Spens (25-0, 21 KO) sanaladi. Shuningdek, Qudratillo WBC yo‘nalishi reytingining uchinchi pog‘onasida turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring