Qishki olimpiadadagi yagona vakilimizning birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi
Bugun hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida o‘z ishtirokini boshladi.
Birinchi startdan so‘ng 35 natijani qayd etgan vakilimiz yakunda 29-pog‘onani band etdi.
Bu borada g‘oliblik shveysariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Sloveniya sharafini himoya qilgan Jan Kranets ikkinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, Fransiya vakili Matyo Fevr kuchli uchlikka yakun yasadi.
Tog‘ chang‘isi. Gigant slalom, erkaklar:
1. Marko Odermatt (Shveysariya);
2. Jan Kranets (Sloveniya);
3. Mate Fevr (Fransiya)
29. Komiljon To‘xtayev (O‘zbekiston)
Endi sportchimiz 16 fevral kuni slalom dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter