«Qaychi usuli» hammaga ham emas (video)
Polshaning «LKS Lodz» klubi himoyachisi Matsey Dombrovski «Arki»ga qarshi o‘yinning 6-daqiqasidayoq jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Eng qizig‘i, bunda o‘zi «aybdor».
Dombrovski burchakdan oshirilgan to‘pni raqib darvozasiga boshi uzra tepib joylab qo‘ymoqchi bo‘ldi. To‘pga-ku oyog‘i yetmadi, ammo tizzasi burnini aniq nishonga oldi.
Yuzi qonga belangan o‘yinchiga yordam ko‘rsatish uchun maydonga tushgan mediklar unga birinchi yordam ko‘rsatib, burni singanini aytib, o‘zlari bilan olib chiqib ketishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter