Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatarning qo‘shnisi 2030-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi

Qatarning qo‘shnisi 2030-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi

2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishga yana bir jamoaviy ariza topshirilishi mumkin: Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiya birgalikda mundialni o‘tkazishmoqchi.

Ushbu yangilikni Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmad al-Xatib ochiqladi. «Ar-Riyod 2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirish masalasini o‘rganyapti. Ariza Gretsiya va Misr bilan hamkorlikda topshiriladi», — dedi vazir.

Saudiyalik amaldor mamlakat infratuzilma va sport obyektlari uchun katta mablag‘ kiritishga tayyor ekanini bildirdi. Barcha stadionlar va fan-zonalar mundial o‘tkazilishiga qadar tayyor va dunyoda eng yaxshisi bo‘ladi, ta’kidladi Al-Xatib.

Mezbonlikni qo‘lga kiritish oson kechmaydi, 2030-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga da’vogarlar ko‘p:

  • Marokash (Afrika);
  • Argentina, Urugvay, Chili va Paragvay (birgalikda, Janubiy Amerika);
  • Ispaniya, Portugaliya va Ukraina (birgalikda, Yevropa);
  • Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya va Serbiya (birgalikda, Yevropa).

Yuqoridagilardan farqi, agarda Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misr birgalikda mundial mezbonligini qo‘lga kiritsa, bu bir paytning o‘zida uch qit’a: Osiyo, Yevropa va Afrikada o‘tkazilgan ilk jahon chempionati bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring