Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PSJ yana bir yulduzidan voz kechdi

PSJ yana bir yulduzidan voz kechdi

PSJ rahbariyati janubiy amerikalik yulduzlar – Neymar va Lionel Messi bilan xayrlashishga tayyor.

Ayni paytda jarohatini davolatayotgan Neymar yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. L’Équipe nashrining ma’lum qilishicha, klub sport direktori Luish Kampush braziliyalik yulduzning ketishiga qarshilik qilmaydi.

PSJ Neymarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga bermoqchi. Mutasaddilar 31 yoshli hujumchi klubning yangi loyihasiga mos kelmasligini ta’kidlamoqda. Ushbu loyihada jamoani yoshartirish va unda fransiyalik futbolchilar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring