Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«PSJ» prezidenti Neymarni «Real»ga qo‘yib yuborishga va’da berdi

«PSJ» prezidenti Neymarni «Real»ga qo‘yib yuborishga va’da berdi

Foto: Globallookpress.com

«Pari Sen-Jermen»ning braziliyalik hujumchisi Neymar «Real»ga o‘tishi mumkin, agarda u o‘z klubining Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga yordam bera olsa.

«Goal.com» nashrining yozishicha, Parij klubi xo‘jayini Nosir Al Halafi hujumchiga Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng Ispaniyaga qo‘yib yuborishga va’da berdi. Neymarning o‘zi esa o‘z yaqinlariga Madrid klubida o‘ynash orzusida ekanini aytgan.

Futbolchini sotib olish uchun madridliklar prezidenti Florentino Peres jiddiy bel bog‘lagan. U braziliyalik yulduzni olib kelish uchun Krishtianu Ronalduni transferning bir qismi sifatida qo‘shib yuborishga ham rozi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Neymar uchun kurashga «Manchester Yunayted» ham qo‘shilgan. «Qizil iblislar» ushbu transfer uchun 500 million yevro sarflashga tayyor.

Neymar «PSJ»ga 2017-yilning yozida rekord summa — 222 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U ayni paytda kuniga 100 ming yevro ishlab topyapti, ammo shunga qaramay, o‘zini Parijda baxtli his etayotgani yo‘q. Unga jamoada barcha sharoit muhayyo etilgan: hech kim unga qattiq gapirishi mumkin emas, u himoyaviy taktikalar borasidagi mashg‘ulotlardan ozod etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring