Portugaliya o‘z uyida alamli mag‘lubiyatga uchradi. Millatlar Ligasida to‘rt finalchi nomi ma’lum bo‘ldi
Millatlar Ligasida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
A liga 2-guruhida Portugaliya o‘z maydonida Ispaniyani qabul qildi. Portugallarni durang natija ham qoniqtirar edi. Ammo ispanlar o‘yin oxirlarida gol urib, guruhdagi g‘alabani ilib ketishdi.
Portugaliya — Ispaniya 0:1
Gol: Morata (88).
Portugaliya – Koshta, Kanselu, Pereyra, Diash, Mendesh, Karvalyu (Leau, 78), Fernandesh, Silva (Mariu, 73), Nevesh (Felish, 89), Ronaldu, Jota (Vitinya, 79).
Ispaniya – Simon, Karvaxal, P.Torres, Gilyamon (Buskets, 46), Gayya, Koke (Gavi, 60), Rodri, Soler (Pedri, 60), Sarabiya (Pino, 61), Morata, F.Torres (Uilyams, 73).
Shunday qilib, Luis Enrike jamoasi Xorvatiya, Niderlandiya hamda Italiyadan keyin turnirning final bosqichiga chiqqan to‘rtinchi jamoaga aylandi.
Aynan shu to‘rt jamoa turnir g‘olibligi uchun bahs olib borishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter