«Persepolis» bosh murabbiyi O‘zbekiston termasini boshqarish haqidagi savolga javob qaytardi
Eronning «Persepolis» klubi bosh murabbiyi Branko Ivankovich «Nasaf»ga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bilan bog‘liq savolga ham javob qaytardi.
«Meni O‘zbekistonga bosh murabbiylikka taklif to‘g‘risida? Odatda yaxshi faoliyat yuritayotgan murabbiyga har qanday rasmiy va norasmiy takliflar bo‘lib turadi.
Ammo menga O‘zbekiston tomonidan bosh murabbiylikka rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q», — dedi murabbiy.
Eron klubi mutaxassisi, shuningdek, «Nasaf»ning kuchli jamoa ekanini qayd etdi.
«Nasaf»da kuchli futbolchilar yig‘ilishgan. Shuningdek jamoaning bir qancha futbolchilari mamlakatning turli terma jamoalarida o‘ynashadi. Bu O‘zbekistonda eng zamonaviy o‘yin ko‘rsatadigan jamoa hisoblanadi.
Jamoa Qatarda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, ko‘rsatgan o‘yini bu hisobga mos emas edi», — dedi murabbiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter