Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peres Mendeshga Ronaldu uchun yangi klub topishni aytdi

Peres  Mendeshga Ronaldu uchun yangi klub topishni aytdi

Florentino Peres va Jorje Mendesh

Foto: Marka gazetasi

«Real» klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etishga yaqin turibdi.

Portugaliyaning «Diario Record» nashri yozishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan uchrashgan va unga futbolchi uchun yangi jamoa topishi mumkinligini aytgan.

Peres transfer summasi haqida aniq bir gap aytmagan, uning shartnomasida 1 milliard yevro ko‘rsatilgan. Biroq Ronalduni kimdir ana shu narxda sotib olishiga «Real»ning o‘zi ham ishonmasa kerak.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» Ronalduni «PSJ» hujumchisi Neymarning transferiga qo‘shib yuborishi ham mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring