Pele shifoxonaga qaytdi
Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni Pele yo‘g‘on ichak o‘simtasini davolashni davom ettirish uchun shifoxonaga qaytdi.
Bu haqda futbol afsonasi «Instagram»da xabar qoldirdi.
«Do‘stlarim, davolanish uchun yana shifoxonaga qaytdim. Superboulni tomosha qilish uchun katta televizor va popkornga buyurtma berdim (Pele kecha oqshom o‘tkazilgan Superboul (Amerika futboli final o‘yini) arafasida shifoxonaga kelgan — tahr.). Do‘stim Tom Bredi o‘ynamasa ham Superboulni tomosha qilaman. Qo‘llab quvvatlaganingiz va mehringiz uchun rahmat», — deyiladi 82 yoshli sobiq futbolchining sahifasida.
Yaqinda ham Pele kimyoterapiya amaliyotlari o‘tkazish uchun kasalxonaga yotqizilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter