Pekin-2022: Shvetsiyalik konkichi jahon rekordi bilan g‘alabani rasmiylashtirdi
Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Qishki olimpiadada Shvetsiya vakili Nils van der Pul erkaklar o‘rtasida 10 000 metrga konkida yugurish musobaqalarida ishonchli g‘alaba qozonib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
E’tiborli jihati, u yangi jahon rekordini o‘rnatdi, endi bu ko‘rsatkich — 12:30.74. Skandinaviyalik sportchi salkam bir yil avval o‘rnatgan o‘z shaxsiy natijasini ham ikki soniyadan ko‘proqqa yaxshiladi.
Ikkinchi o‘rinni Niderlandiya vakili Patrik Rust, uchinchi o‘rinni italiyalik Davide Gotto qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: konkida yugurish sportida Niderlandiya dunyoda yetakchi mamlakat. Olimpiya g‘olibi Nils van der Pul Shvetsiyada tug‘ilgan, otasi esa asli niderlandiyalik — xokkey o‘ynash uchun Shvetsiyaga kelib o‘rnashib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter