Parij-2024. Halima Qurbonovada g‘alaba

Parij Olimpiadasida dzyudo bahslariga start berildi. Bugun sportchilarimizdan Doston Ro‘ziyev va Halima Qurbonova Olimpiya o‘yinlarida debyut qilishdi.
Halima Qurbonova ajoyib start oldi. -48 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz birinchi davrada ozarbayjonlik Leyla Aliyevani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Unda Qurbonova Tara Babulfath (Shvetsiya) bilan raqobatlashadi.
-60 kggacha vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida Doston Ro‘ziyev ukrainalik Dilshod Xolmatovga qarshi kurashdi. Afsuski, Doston raqibiga mag‘lub bo‘ldi (0:1).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter