O‘zbekistonlik merganlar Peruga uchib ketdi: ular jahon chempionatida qatnashadi
Peru poytaxti Lima shahrida joriy yilning 22-29-sentyabr kunlari para o‘q otish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik para o‘q otuvchilar ham Peruga jo‘nab ketishdi.
Ushbu musobaqa kelasi yil Parij mezbonligida o‘tadigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziya berishi bilan ahamiyatli.
Bu galgi dunyo birinchiligida quyidagi merganlarimiz ishtirok etishi rejalashtirilgan:
- Aziz Ibragimov
- Shaxnoza Mamajonova
- Maxmudaxon Sobirova
- Malika Kenjayeva
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter