Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirini 2 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirini 2 ta medal bilan yakunladi

Fransiya poytaxtida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 2 ta bronza medali bilan tugatdi.

Kecha, 5-fevral kuni kechki dasturda +100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchilar Shohrux Baxtiyorov va Alisher Yusupov bronza medali uchun o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kurashda Yusupovning qo‘li baland keldi va terma jamoaga 2-bronza medalini taqdim etdi.

4-fevral kunidagi dasturda -60 kg vazn toifasida Kamoliddin Baxtiyorov ham shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Davlat Bobonov sog‘lig‘idagi muammolar sabab mazkur turnirda ishtirok etolmagani haqida xabar berilgan edi.https://t.me/OlympicUz/22485

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring