O‘zbekistonlik bokschilar «Stranja» turnirini birinchi o‘rinda yakunladi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy «Stranja» turniri o‘z yakuniga yetdi. Bu galgi bahslarda dunyoning 28 mamlakatidan 261 nafar charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarilgan. E’tiborlisi, «kichik jahon chempionati» nomini olgan mazkur musobaqa bu yil ham o‘zbekistonlik bokschilarning g‘alabalari bilan yakunlandi.
Yigitlar qatorasiga to‘rtinchi yil umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Rahmatjon Ro‘ziohunov murabbiyligida qatnashgan bokschilar 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, qizlardan Sabina Boboqulova -50 kg vazn toifasida oltin, Hamrobonu Mamajonova esa -57 kg vaznda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining jamg‘argan jami medallari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter