O‘zbekistonlik bokschi jahon chempionligi uchun jangni bekor qildi
Amerikalik jurnalist Den Rafael o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (9-0-1, 6 KO) va rossiyalik Magomed Qurbonov (25-0, 13 KO) o‘rtasidagi jang o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.
Madrimov va Qurbonov jangi 8 mart kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) supero‘rta vazn toifasida WBA chempionligi uchun kechishi kerak edi. Biroq tibbiy ko‘riklardan so‘ng o‘zbekistonlik bokschida muammolar aniqlangan va shu sabab jang bekor qilingan.
Ar-Riyoddagi boks oqshomining bosh qahramonlari britaniyalik bokschi Entoni Joshua (27-3, 24 KO) va kamerunlik Frensis Ngannu (0:1) bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter