Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Foto: «Uza.uz»

Hukumat qarori bilan 2019-2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Konsepsiya doirasida maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab jismoniy tarbiyaning innovatsion usullari takomillashtiriladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlashda ularning trenerlik kasbida ishlash ishtiyoqiga e’tibor beriladi.

Jismoniy tarbiya sohasidagi kadlar Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportga rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba orttiradi.

SPORTSUZ axborot portali hamda iSPORT cport ilovasi yaratiladi.

Sportchilar faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobga olish bo‘yicha – «Skm-sportsmen», trenerlarni ma’lumot bazasini ta’minlash bo‘yicha – «Skm-trener» va respublikaning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash bo‘yicha – «Skm-sportinshoot» axborot tizimlari tashkil etiladi.

«Sport bayrami» milliy festivali o‘tkaziladi.

Shuningdek qaror bilan Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida, «Jismoniy tarbiya va sport» ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi tashkil etiladi.

Fuqarolar o‘z turar joylariga yaqinda joylashgan ob’yektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan ularning jismoniy faolligi oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring