Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda olimpiya markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda olimpiya markazlari tashkil etiladi

Foto: MOQ matbuot xizmati

3 mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Respublika sport federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda seleksiya ishlariga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi yana bir bor ta’kidlandi.

Yosh iqtidor egalarini maktablardan tanlab olamiz. Keyin esa ular ixtisoslashtirilgan sport maktablariga o‘tkaziladi. So‘ngra talabga javob beradiganlar Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Shuningdek, olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan 600 nafar sportchilar orasidan 50 ta eng iqtidorlilarini tanlab olamiz va ular kollejlar qoshida tashkil etiladigan Olimpiya markazlarida 24 yoshgacha biz bilan bo‘lishadi. Aks holda, ushbu kollejlar bitiruvchilari ko‘p hollarda ko‘chada qolib ketmoqda. Ana shundagina biz seleksiyaning mukammal tizimini yarata olamiz.

Umid Ahmadjonov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring