Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirmoqchi

O‘zbekiston va Qozog‘iston jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirmoqchi

Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari Adlet Barmenkulov 2034 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun O‘zbekiston bilan FIFAga qo‘shma ariza berishni taklif qildi.

U bu taklifni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo turkiyzabon davlatlari futbol assotsiatsiyalari mutasaddilarining sammitida ilgari surdi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati 2026 yilda bo‘lib o‘tadi. U bir vaqtning o‘zida uchta davlatda – Kanada, Meksika va AQShda o‘tkaziladi.

Bundan avvalgi JCh o‘tgan yili Qatarda tashkil etilgan va unda Argentina chempion bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring