O‘zbekiston U-20 hujumchisida taqiqlangan modda aniqlandi
Osiyo Kubogi U-20da chempion bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi hujumchisi Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlandi. Bu haqda OFK tartib intizom va etika qo‘mitasi ma’lum qildi.
«Paxtakor» a’zosining chorakfinal doirasidagi Avstraliyaga (1:1, pen — 5:3) qarshi o‘yindan keyin topshirgan doping testi shunday natija bergan. O‘sha bellashuvda Jabborov 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, Zafarmurod Abdurahmatovning goliga assistentlik qilgandi.
Yakuniy qaror qabul qilingunicha futbolchining litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatib turiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter