Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasi JChda katta tarkibda ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi JChda katta tarkibda ishtirok etadi

Og‘ir atletikachilarimizning jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi o-i

5-16 dekabr kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi.

Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa uchun 11 nafar sportchini tanlab oldi. Bo‘lajak dunyo birinchiligida atletlarimiz nafaqat medallar, balki Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradilar.

To‘liq tarkib quyidagicha:

-67 kg: Adhamjon Ergashev

-67 kg: Doston Yoqubov

-73 kg: Og‘abek To‘xtayev

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov

-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov

-102 kg: Sharofiddin Amriddinov

-109 kg: Ruslan Nurudinov

+109 kg: Akbar Jo‘rayev

-55 kg: Nigora Abdullayeva

-81 kg: Rigina Adashbayeva

-87 kg: Tursunoy Jabborova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring