Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston pley-offga chiqdi! Navbatdagi raqib kim bo‘ladi?

O‘zbekiston pley-offga chiqdi! Navbatdagi raqib kim bo‘ladi?

Argentinada o‘tkazilayotgan U20 jahon chempionatidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Gvatemala o‘rtasidagi bahs yakunlandi.

So‘nggi hal qiluvchi bahsni ishonchli tarzda o‘tkazgan Ravshan Haydarov jamoasi pley-off masalasini hal qildi. Uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibda tushirilgan Shahzod Ne’matjonov qahramonga aylandi.

O‘zbekiston U20 — Gvatemala U20 2:0

Gol: 1:0 — 9, Shahzod Ne’matjonov, 2:0 — 21, Shahzod Ne’matjonov

O‘zbekiston U20: 12.Asrorbek Kenjayev, 3.Abduqodir Husanov, 4.Abubakir Ashurov, 6.Jahongir O‘rozov, 8.Behruzbek Asqarov (15.Diyorbek Ortiqboyev, 65), 9.Shahzod Ne’matjonov (17.Nodirbek Abdurazzoqov, 71), 10.Umarali Rahmonaliyev, 11.Sherzod Esanov, 13.Zafarmurod Abdirahmatov (2.Izzatillo Po‘latov, 82), 14.Abbos Fayzullayev (7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 46), 20.Mahmudjon Mahamadjonov (18.Saidafzalxon Ahrorov, 65)

Gvatemala U-20: 12.Xorxe Moreno, 2.Rendall Korado, 5.Arian Retsinos, 7.Daniel Kardoza, 8.Nestor Kabrera, 9.Jeffri Battes, 10.Arximides Ordones (19.Anderson Villagran, 46), 14.Jonatan Franko, 16.Iyeshua Urizar, 18.Eddi Palensiya (11.Rudi Munos, 65), 20.Figu Motano

Ogohlantirish: Behruzbek Asqarov (5), Umarali Rahmonaliyev (39), Sherzod Esanov (58), Iyeshua Urizar (75)

Guruhdagi ikkinchi Argentina Yangi Zelandiyani yirik hisobda mag‘lub etdi.

Shu tarzda vakillarimiz guruhda ikkinchi o‘rinni qayd etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Navbatdagi raqib kim bo‘ladi?

Yoshlarimiz jahon chempionatining nimchorak finalida «C» guruhida 2-o‘rinni band etgan jamoa bilan bahs olib boradi. Raqib ertaga aniqlanadi.

2-turdan keyin bu guruhda 2-pog‘onani Yaponiya band etib turibdi. 

O‘zbekistonning keyingi uchrashuvida yo‘qotish bor. Jamoa sardori Umarali Rahmonaliyev turnirdagi ikkinchi sariq kartochkasini olib, keyingi bahsni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring