Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston OTJ xalqaro turnirda qatnashadi (taqvim+tarkib)

O‘zbekiston OTJ xalqaro turnirda qatnashadi (taqvim+tarkib)

Foto: «ufa.uz»

Bugun, 1-avgust kuni 1997-yilda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamda tashkil etilayotgan xalqaro musobaqaga jo‘nab ketmoqda, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Ravshan Xaydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo‘ladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi sababli Vetnamdagi musobaqaga terma jamoamizni katta murabbiy Sunnatilla Abdurasulov olib boradi. 2020-yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarining saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoaga ushbu ikki terma jamoadan nomzodlar tanlab olinadi.

30-31-iyul kunlari Toshkent shahrida yig‘in o‘tkazgan terma jamoamizga Vetnam shahridagi xalqaro musobaqada Vetnam, Ummon va Falastin olimpiya terma jamoalari raqiblik qilishadi. Musobaqa 3-avgustdan 8-avgustgacha davom etib, unda jamoamiz 3 ta o‘yinda maydonga tushadi.

Terma jamoamiz o‘tkazadigan o‘yinlar jadvali:

3-avgust

O‘zbekiston – Ummon. Boshlanish vaqti: 14:30

5-avgust

O‘zbekiston – Falastin.

7-avgust

Vetnam – O‘zbekiston. Boshlanish vaqti: 17:30

Izoh: Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Vetnamga yo‘l olayotgan Olimpiya terma jamoamiz tarkibi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar:

  • Hamrayev Dilshod («Navbahor»)
  • Karimov Sarvar («Qo‘qon-1912»)

Himoyachilar:

  • Alijonov Ilhom («Nasaf»)
  • Abdullayev Ibrohim («Surxon»)
  • Ismailov Ergash («Buxoro»)
  • Hoshimov Doniyor («Metallurg»)
  • Nasrullayev Sherzod («Nasaf»)
  • Rustamov Oybek («Qo‘qon-1912»)

Yarim himoyachilar:

  • Ismoilov Abrorbek («Neftchi»)
  • Qodirqulov Sanjar («Bunyodkor»)
  • Azimov Sardor («So‘g‘diyona»)
  • Nurulloyev Suhrob («Metallurg»)
  • Ahmadov Jahongir («Paxtakor»)
  • To‘xtasinov Nurillo («So‘g‘diyona»)
  • Ikromov Farruh («Bunyodkor»)
  • Abdullayev Abdulla («Bunyodkor»)
  • Yo‘ldoshev Ibrohim («Metallurg»)
  • Amonov Azizbek («Lokomotiv»)

Hujumchilar:

  • Xolto‘rayev Jasur («Sho‘rtan»)
  • To‘rayev Akobir («Buxoro»)
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring