O‘zbekiston Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi
Toshkentda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida og‘ir vazn toifasidagi yoshlar medallar uchun kurash olib borishdi.
Turnir yakunida hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
E’tiborlichi, o‘smirlar toifasidagi bahslarda ham dzyudochilarimiz birinchilikni qo‘lga kiritishgan edi.
So‘nggi kun dasturida shohsupaga ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz:
Oltin medal:
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Mahmudjon Mahsudov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Fotima Quramboyeva
Kumush medal:
-81 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
Bronza medal:
-81 kg: Ahror Ziyodullayev
-90 kg: Alisher Samanov
+100 kg: Abdulloh Xudoyorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter