Muzaffarbek To‘raboyev olimpiadada bronza medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi.
Dzyudochimiz Muzaffarbek To‘raboyev -100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar hozircha 1 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter