O‘zbekiston MTJ iyunda KXDR, Suriya va Turkiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, iyun oyidagi FIFA kunlarida KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi haqida O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tgan edi. Mazkur o‘yinlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida milliy terma jamoamiz uchun yana bir kuchli sparring-raqib topildi.
Shu yilning 2 iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antaliyada Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. Terma jamoa tarkibida Italiyaning «Milan», «Sassuolo», Angliyaning «Everton», «Lester», Fransiyaning «Lill», Germaniyaning «Shtutgart», Ispaniyaning «Selta» kabi klublarida to‘p suradigan kuchli futbolchilar bor. Hozirda Turkiya terma jamoasini Shenol Gyunesh boshqarib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter