O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida o‘z o‘rnini 2 pog‘onaga yaxshilab oldi
FIFA e’lon qilgan yangilangan reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z pozitsiyasini 2 pog‘onaga yaxshilab, 66 o‘rinni egalladi.
Qo‘shni davlatlardan – Tojikiston 99 (+7), Qozog‘iston 100 (o‘zgarmagan), Qirg‘iziston 104 (-6) va Turkmaniston 141 (o‘zgarmagan) o‘rinlarda qayd etildi.
Eng katta ijobiy o‘zgarish Angola (+24), Qatar (+21), Iordaniya (+17) va Nigeriyada (+14) kuzatildi.
Reytingni amaldagi jahon chempioni Argentina boshqarib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro futbol assotsiatsiyasi 2023-yil noyabr oyi reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 68-o‘rinda qayd etgan va milliy terma jamoa shu oyda o‘z o‘rnini 5 ta pog‘onaga yaxshilab olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter