O‘zbekiston Ispaniyaga qarshi to‘liq oq libosda o‘ynaydi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi 3-uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni ekvadorlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Avgusto Aragon, unga qanotlarda hamyurtlari Rikardo Baren va Andres Guttiyerez yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Yudi Nursahyaga (Indoneziya) topshirilgan.
O‘zbekiston — Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin 16 noyabr soat 14:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlarimiz JChdagi dastlabki o‘yinda Maliga 3-0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Kanada esa xuddi shunday yirik hisobda mag‘lub etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter