O‘zbekiston futzalchilari Osiyo kubogida raqibini «yanchib tashladi»
O‘zbekiston milliy jamoasi futzal bo‘yicha Osiyo kubogini muvaffaqiyatli boshladi.
Kuvayt davlatida boshlangan musobaqaning dastlabki turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston milliy jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz sakkizta gol kiritishdi. Mashrab Odilov va Ixtiyor Ropiyev dubl qayd etishdi.
O‘zbekiston — Turkmaniston — 8:0
Gollar: Davron Choriyev, 5; Mashrab Odilov, 13, 22; Ixtiyor Ropiyev, 15, 33; Dilshod Rahmatov, 30; Shahram Faxriddinov, 34; Akbar Usmonov, 39.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter