O‘zbekiston — Falastin. Asosiy tarkib e’lon qilindi

Birozdan keyin Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston — Falastin uchrashuvi boshlanadi.
Vadim Abramov ushbu bahsga terma jamoaning asosiy tarkibini e’lon qildi. Saudiyaga qarshi o‘yinga nisbatan tarkibda biroz o‘zgarishlar bor. Eng asosiy o‘zgarish — Odil Ahmedov yarim himoyaga qaytarilgan.
JCh-2022 saralashi.
O‘zbekiston – Falastin
19-noyabr 2019-yil. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 17:00
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Rustam Ashurmatov, Xojiakbar Alijonov, Oleg Zoteyev, Sanjar Qodirqulov, Ikrom Aliboyev, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov.
Hakamlar: Navaf Shukralla Abdulla G‘ayyat, Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat, Muhammad Jafar Muhammad Salmon, Ammar Ibrohim Hasan Mahfud (barchasi Bahrayn).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter