O‘zbekiston MTJ alamli mag‘lubiyatga uchradi
Bugun, 27-sentyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Kosta-Rika termasiga qarshi bahs olib bordi.
Terma jamoamiz uchrashuvning dastlabki taymini yaxshi o‘tkazdi va Eldor Shomurodovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi.
Biroq ikkinchi bo‘limning hakam qo‘shib bergan so‘nggi daqiqalarida (90+2 va 90+4) Kosta-Rika ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
O‘zbekiston — Kosta-Rika 1:2
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz dastlabki uchrashuvda Kamerun termasini ishonchli tarzda mag‘lub etgandi. Kosta-Rika esa Janubiy Koreya bilan durang o‘ynagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter