Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek futbolchisi Fransiya vitse-chempioni safiga o‘tdi

O‘zbek futbolchisi Fransiya vitse-chempioni safiga o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Abduqodir Husanov bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Fransiya vitse-chempioni «Lans» klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi.

Hamyurtimiz «Lans»da 25-raqam ostida to‘p tepadi.

Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Ma’lumot uchun, «Lans» o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni olgan va yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring