O‘zbek futbolchisi Fransiya vitse-chempioni safiga o‘tdi
Abduqodir Husanov bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Fransiya vitse-chempioni «Lans» klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi.
Hamyurtimiz «Lans»da 25-raqam ostida to‘p tepadi.
Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Ma’lumot uchun, «Lans» o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni olgan va yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter