Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek boksi boshqaruviga yangi rahbar keldi

O‘zbek boksi boshqaruviga yangi rahbar keldi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Bugun, 2-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston boks federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Hisobot-saylov Konferensiyasi kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosarini saylashdan iborat edi.

Konferensiyada ushbu mas’uliyatli lavozimga Saken Jetibayevich Polatov nomzodi ilgari surildi.

S.Polatov 1975-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. «Orient Finans Bank» boshqaruv kengashi raisi. Bir necha yildan buyon sport sohasida, jumladan Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi tizimida faoliyat olib boradi.

Mazkur nomzod Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan. Shu tariqa, Saken Polatov O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning bildirishicha, bungacha ushbu lavozimda uzoq yillardan buyon faoliyat olib borgan Sherzod Toshmatov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini topshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring