Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik bokschi qizni yutgan raqibi erkak kishi bo‘lib chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi qizni yutgan raqibi erkak kishi bo‘lib chiqdi

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidovani yutgan «bokschi ayol» aslida erkak kishi bo‘lib chiqdi.

Jazoirlik sportchi Imane Xelifning boks chempionati paytida o‘tkazilgan genetik tekshiruvda erkak kishi ekanligi aniqlangan. U bungacha o‘zbekistonlik sportchini ochkolar bo‘yicha yutgan edi.

Natijada Xelif diskvalifikatsiya qilingan va Navbahor Hamidovaga haqli ravishda bronza medali taqdim etilgan.

«Bu yaxshi xabar, adolat qaror topgan. Lekin qiziq tomoni, shu Xelif o‘tgan yilgi JChda kumush olgan. Xatto olimpiadada ham qatnashgan», – deb yozadi sport sharhlovchisi Davron Fayziyev.

Sharhlovchi shuningdek, mutasaddilarda nega shu paytgacha genetik tekshiruv o‘tkazish fikri paydo bo‘lmaganini aytib taajjubini bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring