Ot izidan. Shumaxerning o‘g‘li «Formula-1» poygasida debyutini o‘tkazdi
Germaniyalik avtopoygachi Mik Shumaxer «Formula-1» musobaqasida debyutini o‘tkazdi. U Bahrayndagi test poygasida ishtirok etgan.
Yigirma yoshli pilotning boshqaruvida «SF 90» bo‘lgan va u 12 ta aylanani bosib o‘tdi. Mik Shumaxer — «Formula-1» musobaqasining yetti karra g‘olibi Mixael Shumaxerning o‘g‘lidir. U «Ferrari» jamoasi tarkibiga yanvar oyida qo‘shilgan edi va Bahraynda 31-martda o‘tkazilgan poygada oltinchi o‘rinni egalladi.
Mik Shumaxer «Formula-3» musobaqasining Yevropadagi g‘olibi hisoblanadi. Bu haqida «Xabar.uz» xabar berib o‘tgan edi. Kichik Shumaxer asosiy musobaqada ishtirok etish niyati borligini avvaldan bildirib kelgan.
Mixael Shumaxer 2013-yilda tog‘ chang‘isi vaqtida tosh ustiga yiqilgan va boshidan og‘ir jarohat olgandi. Poygachi shundan buyon koma holatida. Oxirgi vaqtlarda matbuotda Mixael Shumaxer mustaqil tarzda nafas olayotgani xabar qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter