Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlari. Barno Mirzayeva kunning beshinchi medalini taqdim etdi

Osiyo o‘yinlari. Barno Mirzayeva kunning beshinchi medalini taqdim etdi

Foto: «minsport.uz»

Indoneziyada Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Biroz avval karatechimiz Barno Mirzayeva bronza medali uchun jangda tailandlik Arm Sukkiauni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, Barno Mirzayeva O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi medalni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi musobaqalarda og‘ir atletikachimiz Omadoy Otaqo‘ziyeva kumush medal sovrindoriga aylandi. 17 yoshli sportchimiz Abdumalik Salimov hamda bronza medali sohibi bo‘ldi. Karate WKF bo‘yicha -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov ham Osiyo o‘yinlarini medalini qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov esa Osiyo o‘yinlarining yangi rekordini o‘rnatgan holda chempion bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring