Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Eldor Shomurodovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

«Kalyari» hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 16-turi arafasidagi mashg‘ulotida jarohat olgan. Tibbiy tekshiruvdan keyin Shomurodovda jiddiy jarohat aniqlangan.

«Eldor tez orada takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi», - deyiladi klub xabarida.

«Tribuna.uz» o‘zbekistonlik futbolchining o‘ng oyog‘i ikkinchi panjasi singanini haqida yozgan. «Championat.asia» nashriga ko‘ra, Shomurodovning tovon suyagi darz ketgan.

Aynan mana shu jarohat sababli hamyurtimiz «Napoli»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Klub shifokorlari uning safga qaytishi uchun 1,5 oy vaqt kerak deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov dekabr oyining so‘nggida O‘zbekiston milliy jamoasining BAAdagi yig‘iniga qo‘shilishi rejalashtirilgandi.

Qatardagi Osiyo kubogi 12 yanvar kuni start oladi. O‘zbekiston V guruhida 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi maydonga tushsa, 18 yanvarda Hindiston, 23 yanvarda esa Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.

Ayrim manbalar O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori yangi hafta davomida Rim shahrida operatsiya qilinishi haqida ma’lumot tarqatdi. Agar hammasi reja asosida davom etadigan bo‘lsa, terma jamoamiz hujumchisi Osiyo kubogining Avstraliyaga qarshi 3-tur o‘yinigacha safga qaytishi taxmin qilinmoqda. Biroq bu haqda O‘FA hech qanday ma’lumot bergani yo‘q.

Sardiniya klubi faoliyatini alohida e’tibor bilan yoritib kelayotgan www.cagliarinews24.com sayti eksperti Lorenso Shirru Eldor Shomurodov terma jamoa shifokorlaridan Qatardagi Osiyo chempionati boshlangunga qadar uni oyoqqa turg‘azishni so‘ragan va davolanish jarayoni tezroq kechishi uchun jarrohlik amaliyotiga ham rozilik bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Eldor Shomurodov kelasi hafta Rimda operatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo chempionati oldidan Eldor Shomurodov jarohat olgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring