Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin to‘p» sohibi mamlakat prezidenti etib saylandi

«Oltin to‘p» sohibi mamlakat prezidenti etib saylandi

Jorj Vea

Foto: «Sport Ekspress»

1995 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan mashhur futbolchi Jorj Vea Liberiya prezidenti etib saylandi. Bu haqda «Sports.ru» xabar tarqatdi.

51 yoshli Vea prezidentlik saylovining ikkinchi turida g‘alaba qozondi. U mamlakatning amaldagi vitse-rahbari Jozef Bokaya ustidan katta farq bilan zafar quchdi — 15 okrugning 12 tasida uning qo‘li baland kelgan.  

Sobiq futbolchi endi sobiq prezident — Elen Jonson-Serlif o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Vea 2005 yilda ham Liberiya prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovda o‘z nomzodi bilan qatnashgan edi. Biroq, o‘shanda u ikkinchi bosqichda imkoniyatni boy bergan.

Yangi prezident «Tvitter» orqali chiqish qilib, saylovchilarga minnatdorchilik bildirgan. «Meni saylagani uchun Liberiya xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Bu men uchun katta sharaf va umid», — deb yozadi Vea. 

Foto: «Tvitter»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring