Bekmurod Oltiboyev Olimpiadani g‘alaba bilan boshladi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi so‘nggi dzyudochimiz, eng og‘ir vazn toifasidagi polvonimiz Bekmurod Oltiboyev birinchi bahsda g‘alaba qozondi.
Mo‘g‘ilistonlik Durenbayar Ulzibayarga qarshi kechgan qiziqarli bellashuvda vakilimiz ippon bahosi bilan ustun kelib, chorak final uchun kurashadigan bo‘ldi. Uning ushbu bosqichdagi raqibi niderlandiyalik Xenk Grol bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter