Og‘ir vaznli dzyudochimiz medal uchun kurashdan chiqib ketdi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bellashuvlari vakillarimiz uchun o‘z poyoniga yetdi.
Eng og‘ir vazn toifasida Bekmurod Oltiboyev ukrainalik Yakiv Xamnoga qarshi bronza medali uchun o‘tish bosqichida kechgan bellashuvda vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa u yakkalik bahslarini yettinchi o‘rinda yakunladi.
Ertaga aralash jamoaviy yo‘nalishda hamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini davom ettirishadi. Unda dastlabki raqibimiz Niderlandiya jamoasi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter