Olti karra chempion qamoqda nima qiladi?
«Ulkan toj» turnirlarining olti karra chempioni, yaqin o‘tmish tennis yulduzi Boris Bekkerga yaqinda britan sudi qamoq jazosi tayinladi. Nemis sportchisi moliyaviy firibgarliklarda ayblanayotgani haqida yozgandik.
«The Sun» xabar berishicha, Bekker 2,5 yillik jazoni o‘tash uchun qamoqqa jo‘natilgan. Britaniya qamoqxonalari boshlig‘i Jerri Peterikning aytishicha, Bekker qamoqxonalarda obro‘li sanaluvchi sport murabbiyligi bilan shug‘ullanishi mumkin.
«Qamoqxonalarda sport zallarining obro‘si katta. Bu yerda ishlashni ko‘p mahbuslar istashadi», — dedi Peterik.
Eslatib o‘tamiz, Boris Bekkerga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lish xavf solayotgandi, u qo‘yilgan ayblovning 20 bandi bo‘yicha oqlandi, biroq qolgan 4 bandda aybdor deb topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter