Olimpiada shiori o‘zgartirildi. Dasturga yana olti sport turi kiritiladi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi oltita xalqaro federatsiyani rasman tan oldi. Bu qaror XOQ tomonidan Tokiodagi sessiyasida qabul qilindi.
Xususan, Xalqaro Cheerledading Union (ICU), Muay-tay assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (IFMA), Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS), Xalqaro Isestokk federatsiyasi (IFI), Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) va Jahon Lakros federatsiyasi (WL) rasmiy tarzda e’tirof etildi.
Rasmiy e’tirofdan so‘ng ushbu sport turlari tez orada Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkin.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining yig‘ilishida olimpiada shiorini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqilgan va bir ovozdan tarixiy o‘zgarish tasdiqlangan. Bu haqda qo‘mita rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Endi Olimpia shiori «Tezroq, balandroq, kuchliroq» (Faster, Higher, Stronger) emas, «Tezroq, balandroq, kuchliroq - birgalikda» (Faster, Higher, Stronger - Together) hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter