Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada ishtirokchilari uchun maxsus smartfon

Olimpiada ishtirokchilari uchun maxsus smartfon

Foto: «ITC.ua»

«Samsung» kompaniyasi «Galaxy Note8» qurilmasining cheklangan miqdordagi «PyeongChang 2018 Olympic Games Limited Edition» talqinini taqdim etdi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda Pxyonchxandagi Qishki Olimpiada va Paralimpiada 2018 o‘yinlarini tashkillashtirish qo‘mitasi bilan hamkorlikda «Samsung» kompaniyasi Olimpiadada ishtirok etadigan sportchilarga 4000 tadan ortiq yangi qurilma sovg‘a qiladi.

«PyeongChang 2018 Olympic Games Limited Edition» smartfoni «Galaxy Note8»ning biroz yangilangan talqinidir. Uning o‘ziga xos jihati — yorqin oq oynasi va korpusning orqa tomoniga olimpiada o‘yinlari halqasining tasviri tushirilganligidir. Dizaynerlarning ushbu g‘oyani yaratishiga olimpiya mash’alasi — Olimpiya harakatining ramzi ilhomlantirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring