Olimpiada-2032ga kim mezbonlik qiladi? Asosiy nomzod ma’lum
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroiya qo‘mitasi 2032-yilgi 35-yubiley olimpiadani o‘tkazishga da’vogar shaharlarning arizalarini ko‘rib chiqib, mezbonlikka asosiy nomzodni e’lon qildi.
XOQ prezidenti Tomas Bax 24 fevral kuni qilgan bayonotida bu Avstraliyaning Kvinslend shtati poytaxti Brisben ekanini aytdi.
Baxning aytishicha, Brisben nomzodi XOQ maxsus komissiyasi a’zolarida turlicha fikrlarni keltirib chiqargan. Va bu yakuniy qaror emas. 2032-yilgi Yozgi olimpiada poytaxti maqomini qaysi shahar qo‘lga kiritishi HOQning bu yilgi yoki kelgusi yilgi sessiyasida uzil-kesil hal bo‘ladi.
35-Olimpiada mezboni 2019-yilda tasdiqlangan yangi tartibotga ko‘ra tanlanadi. Endi Olimpiada o‘tkazishga da’vogarlar o‘ta qimmatga tushuvchi taqdimot komissiyalarini tuzishlari shart emas — ularni XOQ maxsus komissiyalari tanlaydi. Bu davlatlarning Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun xarajatlarini kamaytiradi, tanlov jarayoni esa ancha shaffoflashadi.
Olimpiada-2032ni o‘tkazishga da’vogarlar ro‘yxati besh nomzoddan iborat: Brisbendan tashqari, Germaniyaning Reyn-Rur mintaqasi nomzodi, Vengriya poytaxti Budapesht, Xitoyning Chendu va Chunsin shaharlari hamda Qatar poytaxti Doha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter