Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada chempioni kutilmaganda 33 yoshida vafot etdi

Olimpiada chempioni kutilmaganda 33 yoshida vafot etdi

Amerikalik sportchi, olimpiada chempioni Tori Boui 33 yoshida vafot etdi. Bu haqda Icon Management sport agentligi ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berilgan.

Amerikalik ayolning o‘limi sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

Sportchi 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan. U jamoadoshlari bilan birgalikda 4x100 metrlik estafetada g‘olib chiqdi.

Xuddi shu Olimpiadada u kumush va bronza medallarini ham qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Tori ikki karra jahon chempioni shuningdek, bir marta bronza medali sovrindori sanaladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring