Oksana Chusovitina katta sportga qaytmoqda
Afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina katta sportga qaytadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida xabar berdi.
"Shuni ma’lum qilamanki, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlarida qatnashishga qaror qildim. Men shunchaki faoliyatimni medallarsiz tark etishni istamayapman", deb yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina Tokiodagi olimpiada o‘yinlaridan keyin faolitini yakunlaganini e’lon qilgandi. 2016 yilda u 7 olimpiadada qatnashgan sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. Tokio olimpiadasi uning uchun sakkizinchisi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter